Yuklanmoqda...
POS, QR-menyu, CRM+AI, Loyallik, KDS, Moliya — barchasi 1 platformada va 1 tarif ichida. Buyurtma olishdan to'lovgacha bitta tizimda. Sodda, tez, ishonchli.
Osh
Lag'mon
Choy
Salat
Kabob
NonHar kuni bu muammolar bilan yuzlashyapsizmi?
Qo'lda yozilgan cheklar, yo'qolgan buyurtmalar, noto'g'ri hisob-kitob. Zarar qancha — hech kim bilmaydi.
Oshxonaga buyurtma og'zaki yetkaziladi, xatolik bo'ladi, mijoz kutib o'tiradi.
Qaysi mahsulot ko'p sotildi? Xodim pul o'g'irlandimi? Bilmaysiz.
Doimiy mijozlar bazasi yo'q. Bir kelgan mijoz unutiladi — sodiqlik dasturisiz raqobatchiga ketadi.
Real restoran egalarining tajribasi
Bitta dasturda — barcha kerakli funksiyalar
Kategoriyalar, variantlar, modifikatorlar, stop-list — hammasi bir joyda.
Bir bosish — buyurtma oshxonaga yetadi. Printer avtomatik chiqaradi.
Naqd, karta, split to'lov — barchasi. Smenani yopish bir tugmada.
Kunlik savdo, top mahsulotlar, ofitsiant reytingi — real-time.
Zal, VIP, tashqi — har bir stol holatini ko'ring va boshqaring.
Mijozlar Telegram botda menyu bilan tanishadi va online buyurtma beradi — dostavka bevosita botdan.
Har bir oshxonaga o'z printeri. Zal → oshxona → printer — avtomatik.
Oshxonada monitor orqali buyurtmalarni ko'ring. Tayyor bo'lganda bir bosish — ofitsiantga signal.
Mijozlar bazasi, keshbek va ballar — mijozni qaytarib keltiring. Tug'ilgan kun bonusi, aksiyalar.
Mijoz stolda QR kod orqali o'zi buyurtma beradi. Yangi savdo kanali, ofitsiantga yuk kam.
Yetkazib berish, olib ketish, kuryer holati va Telegram integratsiya — barcha buyurtma kanallari bir joyda.
Telefoningizdan real-time savdo, filiallar va xodimlar nazorati. Restoran har doim cho'ntagingizda.
Instagram/Telegram profil uchun bitta havola: menyu, online buyurtma va aloqa — bir sahifada.
Murakkab o'rnatish kerak emas — hammasini biz qilamiz.
Uskunani yetkazib beramiz, tarmoqni sozlaymiz va tizimni o'rnatamiz — restoran ishga tayyor topshiriladi.
Menyu, stollar va xodimlarni birga kiritamiz. Jamoangizni ishlashga o'rgatamiz.
Buyurtma oling, to'lov qabul qiling, hisobot ko'ring. Tayyor!
2 daqiqada qanday ishlashini ko'ring
▶ Videoni ko'rish
▶ Videoni ko'rish
▶ Videoni ko'rish
▶ Videoni ko'rish
Haqiqiy interfeys — hoziroq sinab ko'ring
VKassa v2.0 — Demo
Boshqa tizimlar bilan solishtiring
| Xususiyat | VKassa | Boshqalar |
|---|---|---|
| Printer marshrutizatsiya | Sodda va bepul ✓ | Murakkab, pullik |
| Monitorlar soni | Cheksiz ∞ | 1-3 ta |
| Xodimlar soni | Cheksiz ∞ | Tarif bo'yicha |
| Oshxona / Zal / Printer | Cheksiz ∞ | Cheklangan |
| Menyu (ovqatlar soni) | Cheksiz ∞ | 50-500 ta |
| Oshxona monitor (KDS) | ✓ | Qo'shimcha to'lov |
| Offline rejim | ✓ | Cheklangan |
| Telegram bot buyurtma | ✓ | Yo'q |
| Multi-filial | ✓ | Qimmat |
| Split to'lov | ✓ | ✕ |
| Real-time hisobot | ✓ | Kunlik |
| 24/7 yordam | ✓ | ✕ |
| Loyallik dasturi | ✓ | Qo'shimcha to'lov |
| QR-menyu (dine-in) | ✓ | ✕ |
| Dostavka integratsiya | ✓ | Cheklangan |
| Bio-havola (ijtimoiy tarmoq) | ✓ | ✕ |
| Narx (oylik) | 299 000 so'mdan | qurilma va aylanmaga qarab o'sadi |
Hammasini biz qilamiz. Uskunani yetkazib beramiz, tarmoqni sozlaymiz, tizimni o'rnatamiz, menyu va xodimlarni kiritamiz hamda jamoangizni o'rgatamiz — restoran ishga tayyor holatda topshiriladi. Sizdan faqat ariza va bitta suhbat kerak.
STANDART — 299 000 so'm/oy bitta filial uchun, ya'ni kuniga taxminan 10 000 so'm. Unga POS (offline rejim bilan), mobil ilova, oshxona monitori (KDS), moliya va HR kiradi. Kichik nuqtalar uchun MINI — 99 000 so'm/oy (mobil POS). QR-menyu, CRM va AI ham kerak bo'lsa — BUSINESS to'plami 599 000 so'm/oy, alohida olinganda 748 000 bo'lardi. To'liq jadval «Narxlar» bo'limida.
Tarif ichidagi narsalar uchun qo'shimcha to'lov yo'q: qurilma va foydalanuvchi soniga chegara qo'ymaymiz, mobil ilovalar ham tarif bilan birga keladi. Ochiq aytamiz: uskuna (monoblok, printer, UPS), Wi-Fi va o'rnatish ishlari tarifga kirmaydi — ular alohida kelishiladi va narxi restoraningizga qarab aytiladi. Har filial o'z tarifi bo'yicha to'lanadi.
Ha, 14 kun bepul. Karta ma'lumotlari so'ralmaydi. Undan oldin ariza qoldirsangiz, 30 daqiqada ekranni ulashib to'liq ko'rsatib beramiz — majburiyatsiz.
Yo'q. Kassa restoranning o'zida turadi, bulutga bog'liq emas: internetsiz ham savdo davom etadi, ofitsiantlar mobil ilova orqali ishlayveradi. Aloqa tiklanganda barcha cheklar avtomatik sinxronlanadi — bitta chek ham yo'qolmaydi. Elektrni barqaror ushlash uchun UPS tavsiya qilamiz (u alohida keladi).
Yo'q. Qurilma va foydalanuvchi soniga chegara yo'q: ofitsiant, menejer, oshpaz, kassir, egasi — qancha bo'lsa, shuncha ulang. Monoblok, telefon, planshet ham shunday. Sababi oddiy: tizim ishlatilmasa, undan foyda yo'q — biz qurilmani emas, restoranni avtomatlashtiramiz.
Har bir filialga tizim alohida o'rnatiladi va har biri o'z tarifi bo'yicha alohida to'lanadi — shuning uchun filial internetsiz ham mustaqil ishlayveradi. Boshqaruv esa yagona: barcha filiallarning savdosi bitta kabinetda ko'rinadi, menyu, narx va xodim huquqlari markazdan beriladi. Filiallar soniga chegara yo'q.
Ha. O'rnatish kuni jamoangiz bilan birga sozlaymiz va ishlatishni o'rgatamiz. Ofitsiant ilovasi bir necha daqiqada o'zlashtiriladi — buyurtma stol yonida olinadi va to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga ketadi. Keyin ham savol bo'lsa, qo'llab-quvvatlash xizmati bor.
Barcha ESC/POS printerlar — Xprinter, Epson, HPRT. TCP va USB orqali.
Ma'lumot sizniki. Aloqa HTTPS/TLS bilan shifrlanadi, parol va PIN-kodlar qaytarib bo'lmaydigan shaklda saqlanadi, muhim amallar (bekor qilish, chegirma, smena yopish) jurnalga yoziladi, zaxira nusxa muntazam olinadi. Har restoranning ma'lumoti ajratilgan — boshqa restoran uni ko'rmaydi. Xizmatdan voz kechsangiz, hisobotlarni eksport qilib berishimiz mumkin.
Yashirin to'lovlarsiz. Birinchi 14 kun bepul.
Xodim buyurtmani stol yonida oladi, egasi tushumni istalgan joydan ko'radi. Ikkalasi ham bepul — tarif bilan birga keladi.
Ofitsiant · Menejer · Oshpaz · Kassir
Buyurtma stol yonida qabul qilinadi va to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga ketadi. Ofitsiant kassaga yugurmaydi, oshpaz chekni darhol ko'radi.
Restoran egasi · Direktor
Tushum, smena va bekor qilingan taomlar — restoranda bo'lmasangiz ham. Bildirishnomalar darhol keladi.
{n}+ restoran egasi allaqachon VKassa bilan ishlayapti. Navbat sizda.